Isroil va AQSh Eronga qarshi harbiy operasiyani qayta boshlash ehtimolini muhokama qilmoqda. Biroq Isroil xavfsizlik tizimining yuqori martabali vakillari oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarga qadar yangi harbiy operasiya boshlanishini ehtimoldan yiroq deb hisoblamoqda. Bu haqda Isroilning 13-kanali xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga yangi zarbalar berish imkoniyatini faol muhokama qilgan. Biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Qayd etilishicha, Netanyaxu saylovlarga qadar harbiy operasiya o‘tkazishdan manfaatdor emas.
Isroil armiyasi vaziyat rivojlanishining uchta ehtimoliy ssenariysiga tayyorgarlik ko‘rmoqda: Isroilning mustaqil harbiy operasiyasi, AQSh bilan birgalikdagi zarba va Eron tomonidan ehtimoliy raketa hujumiga javob choralari.
Armiya yuqori jangovar shaylik holatida qolmoqda. Shuningdek, Tehronning kutilmagan harakatlari yoki tomonlardan birining noto‘g‘ri hisob-kitoblari natijasida vaziyat keskinlashishi xavfi ham inobatga olinmoqda.