Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil «Chegara bilmas shifokorlar» tashkilotining G‘azoda ishlashini taqiqladi

Isroil «Chegara bilmas shifokorlar» tashkilotining G‘azoda ishlashini taqiqladi

Isroil «Chegara bilmas shifokorlar» (MSF) xalqaro tibbiy tashkilotining G‘azo sektorida faoliyat yuritishini taqiqladi. Bunga tashkilotning falastinlik xodimlar ro‘yxatini taqdim etishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

MSF bu qarorni Isroil tomonidan personal xavfsizligiga kafolat berilmagani bilan izohladi. Isroil esa tashkilotning ikki xodimi XAMAS va «Islomiy jihod» bilan bog‘liq bo‘lganini da’vo qilmoqda. MSF ushbu ayblovlarni rad etdi.

The Times of Israel ma’lumotiga ko‘ra, tashkilot xodimlari fevral oyi oxirigacha G‘azoni tark etishi kerak.

Kiritildi: 23:09 01.02.2026. O'qildi: 92 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!