Binyamin Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar “eng qisqa vaqt ichida” boshlanadi.
"Livanning Isroil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlash haqidagi takroriy so‘rovlarini inobatga olib, vazirlar mahkamasiga Bayrut bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni imkon qadar tezroq boshlash vazifasini topshirdim", — deyiladi Isroil bosh vaziri bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar “Hizbulloh”ni qurolsizlantirish hamda Isroil va Livan o‘rtasida tinchlik munosabatlarini o‘rnatishga qaratiladi.
Axios jurnalisti Barak Ravidning isroillik amaldorlar so‘zlariga tayanib xabar berishicha, muzokaralar boshlanishi Livanda o‘t ochishni to‘xtatishni anglatmaydi.