Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil bir kunda Erondagi 200 dan ortiq nishonga hujum qildi

Isroil bir kunda Erondagi 200 dan ortiq nishonga hujum qildi

Isroil havo kuchlari kun davomida Eronning g‘arbiy va markaziy qismidagi 200 dan ortiq turli nishonlarga hujum qildi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uning bayonotiga ko‘ra, asosiy nishonlar raketa uchirish moslamalari va havo mudofaasi tizimlari bo‘lgan.

Harbiylarning aniqlik kiritishicha, qo‘mondonlik markazlari, qurol-yarog‘ omborlari va ishlab chiqarish ob’ektlari ham zarba berilgan.

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshladi. Natijada Oliy rahbar Ali Xomeneiy va bir qancha yuqori lavozimli amaldorlar o‘ldirildi. Keyinchalik Eron nafaqat Isroilda, balki AQSh va ittifoqdosh harbiy bazalari joylashgan mamlakatlarda: Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprda ham nishonlarga zarba berishni boshladi.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!