Isroil Mudofaa Kuchlari Livanning "Hizbulloh" guruhiga tegishli harbiy ob’ektga va uni janubiy Livanda tark etgan transport vositasiga zarba berdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati e’lon qildi.
"Livan janubida qo‘shinlar "Hizbulloh" foydalanadigan harbiy ob’ektdan chiqib ketayotgan ikkita transport vositasini kuzatdilar. Mashinalardagi jangarilar front chizig‘ini kesib o‘tib, qo‘shinlar pozisiyalariga yaqinlashdilar, bu ularning xavfsizligiga bevosita tahdid soldi. Bu shaxslar sulhni buzayotgani va darhol tahdid solayotganini tasdiqlaganidan so‘ng, Isroil havo kuchlari transport vositalaridan biriga va ular tark etgan ob’ektga hujum qildi", deyiladi bayonotda.
Isroil armiyasi shuningdek, zarbalar natijasida ikki jurnalist yaralanganini xabar qildi.
"Isroil armiyasi matbuot xodimlarini nishonga olmagan va askarlarining himoyasini ta’minlagan holda ularga yetkazilgan zararni minimallashtirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda", deb ta’kidladi armiya matbuot kotibi idorasi.