Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil armiyasi G‘azoning bir qator hududlariga zarbalar berdi

Isroil armiyasi G‘azoning bir qator hududlariga zarbalar berdi

Isroil armiyasi G‘azo sektorida bir nechta hududga aviasiya va artilleriya zarbalarini yo‘lladi. Bu bilan Isroil 10 oktyabrdan kuchga kirgan sulh kelishuvini yana bir bor buzdi.

Guvohlar va mahalliy manbalarga ko‘ra, G‘azo shahridagi At-Tuffax mahallasi havodan ham, artilleriya orqali ham o‘qqa tutilgan. Markaziy hududlarda, xususan Bureyj qochqinlar lageri sharqida tinch aholi uylariga, jumladan vertolyotlardan avtomatik qurollardan o‘q uzilgan.

Janubda esa Xon-Yunus shahrining ayrim qismlari hamda Rafahning sharqiy hududlari havo hujumlariga duch kelgan.

Hozircha halok bo‘lganlar yoki yaralanganlar haqida ma’lumot berilmadi. Isroil armiyasi G‘azo sektorida sulh rejimini deyarli har kuni buzib kelmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:07. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!