Isroil armiyasi 2024 yil iyun oyida G‘azo sektoridagi jangda yaralangan askarlaridan biri halok bo‘lganini e’lon qildi.
Bu haqda armiya matbuot xizmati bayonotida aytilgan.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 8-brigadada xizmat qilgan 28 yoshli zahiradagi serjant Nir Hadad 15 iyun kuni G‘azo sektori shimolidagi jangda olgan og‘ir jarohatlari tufayli bugun vafot etgan.
Armiya shuningdek, 6 oktyabr kuni G‘azo sektori shimolidagi to‘qnashuvlarda yana uch askar og‘ir yaralangani haqida xabar berdi. Ularning barchasi kasalxonaga yotqizilgan.