Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroil AQShdan yangi qiruvchi samolyotlar sotib olish rejasini tasdiqladi

A A A
Isroil AQShdan yangi qiruvchi samolyotlar sotib olish rejasini tasdiqladi

Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.

Isroil Mudofaa vazirligi "Lockheed Martin" va "Boeing" kompaniyalaridan ikkita yangi qiruvchi eskadrilya sotib olish rejasini ma’qulladi.

Bunda Lockheed Martin kompaniyasidan F-35I qiruvchi samolyotlarining to‘rtinchi eskadrilyasini va Boeing kompaniyasidan F-15IA qiruvchi samolyotlarining ikkinchi eskadrilyasini sotib olinadi. Bitimlar qiymati o‘nlab milliardga baholanmoqda.

Milliardlab dollarlik ushbu kelishuv doirasida Isroil armiyasining qurol-yarog‘ omboriga zamonaviy F-35 va F-15IA qiruvchi samolyotlari qo‘shiladi.

Yaqin yillarda Isroil Harbiy-havo kuchlarining F-35i floti soni 100 ta samolyotga, ilg‘or F-15EXning Isroil varianti bo‘lgan F-15IA floti esa 50 taga yetkaziladi.

Hozirda Isroil 50 ta samolyotga dastlabki buyurtmadan so‘ng 48 ta F-35I qiruvchi samolyotiga ega. 2023 yilda yana 25 ta F-35 samolyotiga buyurtma berilgan bo‘lib, ularning yetkazib berilishi 2028 yilda boshlanishi kutilmoqda. Isroil 2024 yilda 25 ta F-15IA qiruvchi samolyotlariga buyurtma berdi va ularning birinchisi 2031 yilda yetkazib berilishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!