Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil AQSh samolyotlarining joylashtirilishini chekladi

Isroil AQSh samolyotlarining joylashtirilishini chekladi

Vashington Eron atrofidagi keskinlik kuchaygan bir paytda AQShning yangi havo yoqilg‘i quyuvchi samolyotlarining Ben-Gurion aeroportiga qo‘nishini taqiqlash qaroriga norozilik bildirdi.

AQSh harbiylari Isroilning AQShga tegishli qo‘shimcha havo yoqilg‘i quyuvchi samolyotlarini Ben-Gurion aeroportida qabul qilishni to‘xtatish haqidagi qarori yuzasidan norozilik bildirdi. Ynet nashri ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) vakillari Isroil harbiylari hamda Mudofaa vazirligiga ushbu qaror Voshingtonning Eron bilan urush qayta boshlangan bir paytdagi tezkor ehtiyojlariga xalaqit berayotganini ma’lum qilgan.

Vaqtinchalik taqiqni Isroil transport vaziri Miri Regev joriy qilgan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu chora yozgi mavsum avjida fuqarolik aeroportiga tushayotgan yuklamani kamaytirish zarurati bilan bog‘liq.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bir kecha davomida Isroilga yana to‘rtta amerikalik havo yoqilg‘i quyuvchi samolyot kelgan va natijada Ben-Gurion aeroportidagi bunday samolyotlar soni 33 taga yetgan. Avvalroq Isroil va AQSh bunday harbiy samolyotlar sonini 20 ta bilan cheklashga kelishgan, qo‘shimcha samolyotlarni esa harbiy aerodromlarga yo‘naltirish rejalashtirilgan edi.

Iyun oyining oxirida AQSh davlat kotibi Marko Rubio Fors ko‘rfazi davlatlari bo‘ylab safari yo‘nalishiga Isroilni kiritmagan edi. Tahlilchilar bu holatni Vashington va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotganining yana bir belgisi sifatida baholagan.

Kiritildi: 00:28 15.07.2026. O'qildi: 1855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!