Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ispaniyada koronavirus qurbonlari xotirasiga o‘n kunlik motam e’lon qilinadi

Ispaniyada koronavirus qurbonlari xotirasiga o‘n kunlik motam e’lon qilinadi

Seshanba kuni Ispaniyada koronavirus epidemiyasi qurbonlari xotirasiga o‘n kunlik motam e’lon qilinadi.

"Biz asrning eng yomon balosini to‘xtatdik. Oldinda mamlakatimizni tiklash vazifasi turibdi. Hukumat seshanbadan boshlab motam e’lon qilish to‘g‘risida rasmiy bayonot qabul qiladi. Motam o‘n kun davom etadi va bayroqlar tushiriladi. Bu bilan biz jabrlanganlarga o‘z e’tiborimizni ko‘rsatamiz", - dedi Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches.

18 maydan qirollikning aksariyat joylarida pandemiya sababli kiritilgan cheklov choralarini yumshatishning yangi bosqichiga o‘tildi.

Ushbu bosqichda yaqin kishilar bilan uchrashishga, ma’lum bir cheklovlar asosida qahvaxona va barlarning ayvonlari, mehmonxona va muzeylarni ochishga ruxsat berildi.

Ispaniyada 282 mingga yaqin kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 28,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan. 

Kiritildi: 07:15 24.05.2020. O'qildi: 1437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!