Bugun 2 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ispaniyada erkak o‘z oila a’zolarini o‘ldirgani uchun 3 martalik umrbod qamoq jazosini oldi

Ispaniyada erkak o‘z oila a’zolarini o‘ldirgani uchun 3 martalik umrbod qamoq jazosini oldi

O‘z oilasining to‘rt nafar a’zosini shafqatsizlik bilan o‘ldirgan braziliyalik erkak Ispaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Gvadalaxara sudining qaroriga ko‘ra, hukm uch martalik umrbod qamoq jazosini ko‘zda tutadi. Hukm 25 va 35 yildan keyin, shuningdek, to‘rtinchi qotillik uchun yana 25 yildan keyin qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bundan tashqari, erkak qurbonlarning oilasiga 390 ming yevro tovon to‘lashi kerak.

Mamlakatni larzaga solgan shafqatsiz qotillik 2016 yilning avgust oyida yuz bergan. Bo‘laklarga bo;lingan tanalarni polisiya braziliyaliklar yashagan uyda qotillikdan bir oy o‘tgach topgan.

Jinoyatda oila boshining jiyani Patrik Nogeyra gumon qilingan. Jasadlar qoldiqlari topilganidan keyin Patrik Braziliyaga ketgan, biroq o‘z ixtiyori bilan polisiyaga taslim bo‘lgan. Shundan keyin u Ispaniyaga ekstradisiya qilingan. Jinoyat joyida gumonlanuvchining DNKsi, barmoq izlari va sochlari topilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 04:36 16.11.2018. O'qildi: 1290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!