Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ispaniya Ukraina uchun qurol-yarog‘ xarid qilishga bir milliard yevro ajratmoqchi

Ispaniya Ukraina uchun qurol-yarog‘ xarid qilishga bir milliard yevro ajratmoqchi

Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

"Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Madridga tashrifi chog‘ida Ispaniya rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralarda asosiy mavzu Kiyevga qurol yetkazib berish bo‘ldi. Qirol Felipe VI va bosh vazir Pedro Sanches Ispaniyaning Ukrainaga diplomatik, moliyaviy va harbiy sohalarda yordam ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi", deya xabar bermoqda nashr.

"2024 yilda 10 yil muddatga imzolangan ikki tomonlama Xavfsizlik va Mudofaa kelishuviga muvofiq, Madrid 2026 yilda Ukraina uchun qurollar xarid qilishga bir milliard yevro ajratishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, yil oxirigacha Kiyevga qurol-yarog‘ va energetika tizimini tiklash uchun qo‘shimcha 800 million yevro ajratiladi, deya ma’lum qildi", — Ispaniya bosh vaziri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning keng ko‘pamli bosqini boshlanganidan buyon Ispaniya Ukrainaga qariyb 3 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatgan.

Kiritildi: Bugun 17:25. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!