Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya yozgi migrasiya inqirozidan hali to‘liq tiklanmagan Seutaga tashrif buyurdilar, deb xabar beradi Euronews.
Bu — Ispaniya qirollik oilasi a’zolarining Shimoliy Afrikadagi anklavga 2007 yildan beri birinchi oliy darajadagi tashrifi. O‘sha paytda Seuta va Melilyaga Felipe VI ning otasi, sobiq qirol Xuan Karlos tashrif buyurgan edi.
Qirol va qirolichani shahar ko‘chalarida minglab aholi Ispaniya bayroqlari va gullarni hilpiratib kutib olishdi. Biroq, olomon orasida "Seuta himoyaga muhtoj!" yozuvi tushirilgan futbolkalarni kiygan fuqarolar ham bor edi.
Bu yozda Marokashdan Seutaga noqonuniy ravishda o‘tishga uringan migrantlar soni 70 000 dan oshdi. Inqiroz paytida 140 nafardan ortiq migrant halok bo‘ldi.
Qirollik a’zolari qurbonlarni xotirlash uchun musulmon qabristoniga tashrif buyurdi.
Shuningdek, qirollik juftligi Ispaniyaning Shimoliy Afrikadagi yana bir eksklavi bo‘lgan Melilyaga ham boradi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Seutadagi vaziyat hali to‘liq barqarorlashmagan.
Marokash Seuta va yana bir Ispaniya anklavi Melilya ustidan suverenitet da’volarini saqlab qolmoqda.
Tashrif davomida Felipe VI mahalliy hokimiyatni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Ispaniya davlati inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga katta ahamiyat berishini aytdi.