Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ispaniya ko‘chalarida boshqaruvchisiz avtobus ishga tushdi

Ispaniya ko‘chalarida boshqaruvchisiz avtobus ishga tushdi

Turli davlatlarda boshqaruvchisiz elektr avtobuslar faqat jurnalistlar uchun ko‘rgazma va yopiq shoularda taqdim etilayotgan bir davrda, Ispaniyaning Malaga shahri bu qoidalarni chetlab o‘tishga qaror qildi.

24 fevral kuni haydovchisiz avtobus birinchi marta shahar ko‘chalariga chiqdi. U portdan shahar markaziga yo‘lovchilarni tashishga ixtisoslashgan.

To‘g‘risi, avtobus salonida haydovchi bor, ammo u ramziy ma’noga ega va hech qanday boshqaruv vazifasini bajarmaydi.

"Birinchi kun uchun natijalar a’lo. Ko‘rib turganingizdek, men hech narsaga tegmayman, avtobus o‘z-o‘zidan yurmoqda. Biz to‘g‘ri chiziq bilan harakat qilyapmiz, lekin tez orada burilish bo‘ladi va ishonchim komilki, hech qanday muammo bo‘lmaydi”, dedi haydovchi.

Avtonom avtobus shaharga sayyohlar va investorlarni jalb qilish uchun Malaga hukumatining innovasion loyihasidir. Unda sayohat qilish bepul. Ammo oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.

Avtobus 13 martgacha foydalanishga topshiriladi, shundan so‘ng mutaxassislar ushbu tajriba davomida olingan barcha ma’lumotlarni o‘rganadilar. Keyin esa avtobus yana murakkab va yuklangan vazifalar uchun yo‘lga chiqadi.

Kiritildi: 13:50 26.02.2021. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!