Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Ispaniya Jazoirdan gaz yetkazib berish hajmini oshirishni so‘ramoqda

Ispaniya Jazoirdan gaz yetkazib berish hajmini oshirishni so‘ramoqda

Ispaniya Jazoirdan gaz yetkazib berish hajmini oshirishni istamoqda.

Bloomberg ning xabar berilishicha, bu borada tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilgan. Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares Jazoirga tashrifi chog‘ida o‘z mamlakati Jazoir bilan neft-gaz sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishganini bildirdi. Ushbu sohada yetkazib berish hajmlarini oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, Jazoir «Medgaz» quvuri orqali Ispaniyaning asosiy gaz yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Ushbu quvurning kunlik o‘tkazish quvvati 32 million kub metrni tashkil etadi. Har ikki davlat mazkur tarmoqning to‘liq quvvat bilan ishlashiga intilmoqda. Bu esa yetkazib berish hajmini 10 foizga oshirishni anglatadi.

Ma’lumot uchun, Jazoirning «Sonatrach» kompaniyasi «Medgaz» loyihasida 51 foiz ulushga ega. Ispaniya va AQSh qo‘shma korxonasining ulushi esa 49 foizni tashkil qiladi. Quvurning uzunligi 210 kilometrdir.

Kiritildi: 23:37 27.03.2026. O'qildi: 220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!