Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ispan nashrlari: “Ronalduning “Real”dan ketishiga 3 ta sabab bor”

A A A
Ispan nashrlari: “Ronalduning “Real”dan ketishiga 3 ta sabab bor”

Ispan nashrlari Krishtianu Ronalduning “Real”dan ketganini 3 ta sabab bilan izohlashdi.

“Marca” nashriga ko‘ra, Ronalduga “Real”ning uni moliyaviy masalalarda qo‘llab-quvvatlamagani yoqmagan. Bu yerga gap ispan soliq tashkilotlari bilan bog‘liq mojarolar haqida ketmoqda. Vaholanki, Messi ham shunday mojaroga yo‘liqqan, “Barselona” esa anonim tarzda futbolchiga ko‘maklashgandi.

Ikkinchidan, Krishtianu o‘zining “Real” tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb tan olinishini istagan. Ammo “qirollik klubi” rahbariyati har doim bunday e’tirofga Di Stefanoni loyiq ko‘rgan.

Uchinchidan, Ronalduga Messidan kam maosh olishi va maoshining oshirilmagani ham xush kelmagan.

Kiritildi: 10:52 01.10.2018. O'qildi: 1825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik