Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Islandiya vulqoni «Grimsvotn» yana portlash arafasida

Islandiya vulqoni «Grimsvotn» yana portlash arafasida

Islandiyada tabiiy xavf vujudga keldi. So‘nggi marta 2011 yilda «Grimsvotn» vulqonining otilishi 900 ta parvozning to‘xtashiga olib keldi va butun dunyo bo‘ylab minglab odamlarning sayohat tartibsizligini keltirib chiqargan edi.

To‘qqiz yil oldin sayohat tartibsizligini keltirib chiqargan Islandiya vulqoni «Grimsvotn» yana portlash arafasida, deya ogohlantirmoqda mutaxassislar.

2011 yilda u kul bulutlari sabab  900 reysning bekor qilinishiga sabab bo‘lgan. O‘tgan hafta olimlar «seysmik faollikni» qayd etishdi, ya’ni magma shishib, istalmagan harakatni keltirib chiqarishi mumkin.

Endi rasmiylar aviasiya rang kodini yashil rangdan sariq rangga tushirishdi. Bu shuni anglatadiki, kelajakda vulqon otilishi haqida xavotir bor.

Lankaster universitetida ishlaydigan vulqon mutaxassisi Deyv Makgarvi shunday deb yozdi: «Issiqlik faolligining oshishi muzni ko‘proq eritib yubordi va yaqinda zilzila faolligi ham oshdi. Bu Islandiyaliklar uchun, shuningdek, havo qatnovi uchun yaxshi bo‘lmasligi ham mumkin, chunki iqtisodiy jihatdan zarar ko‘rishga yaqin turishibdi».

«Grimsvotn» deyarli butunlay qalin muz bilan qoplangan. Muzlarning erishi, keyinchalik sayyohlar oqimini kamaytirishi mumkin.

Kiritildi: 19:36 13.10.2020. O'qildi: 1641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!