Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Islandiya YEIga a’zo bo‘lish bo‘yicha referendumni tezlashtirishi mumkin

Islandiya YEIga a’zo bo‘lish bo‘yicha referendumni tezlashtirishi mumkin

Islandiya Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonini tezlashtirish va imkon qadar tezroq referendum o‘tkazishni istamoqda.

"Islandiya Yevroittifoqqa a’zolik bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklash masalasida ovoz berishni shu yilning avgust oyidayoq o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda... Reykyavikdagi hukmron koalisiya muzokaralarni qayta tiklash bo‘yicha referendumni 2027 yilgacha o‘tkazishga va’da bergan edi", — deb yozadi Politico o‘z manbalariga tayanib.

Qayd etilishicha, mahalliy parlament yaqin haftalarda ovoz berish sanasini e’lon qiladi. Agar islandiyaliklar "ha" deb ovoz berishsa, ular YEIga boshqa nomzod mamlakatlardan oldinroq kirishlari mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:48. O'qildi: 168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!