Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ishsiz ota qizini davolash uchun millionlab pullarni qayerdan topdi?

Ishsiz ota qizini davolash uchun millionlab pullarni qayerdan topdi?

Xitoyning Anxa provinsiyasida istiqomat qiluvchi bir ota qizini davolatish uchun qalbaki pul yasovchiga aylandi, deya xabar qilmoqda South China Morning Post nashri.

26 yoshli ota katta-katta xaridlarni amalga oshirayotganda qo‘lga tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, erkak ishsiz bo‘lgan, ustiga ustak, uning qizi qattiq kasal bo‘lgan. Shu bois u qalbaki pul yasash texnologiyasini yaratib, peshona teri qilmasdan pul topish yo‘liga o‘tgan.

Tintuv jarayonida erkakning uyidan 240 ming yuan qalbaki pullar topilgan.

Qalbaki pul yasovchi qo‘lga olingan, yasama pullar esa musodara qilingan.

 

Kiritildi: 09:16 16.08.2018. O'qildi: 2722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!