Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ishonish qiyin! 16 ming ayol zo‘rlangan

A A A
Ishonish qiyin! 16 ming ayol zo‘rlangan

Ayollarni zo‘rlash va bola o‘g‘irlash rekord larajaga yetgan.

 

Kolumbiyada fuqarolar urushi davrida ayollar muntazam ravishda zo‘rlab kelingan. Kolumbiya Milliy Markazining xabar berishicha, taxminan 15 687 ayol zo‘rlangan. Lekin bu son yanada kattaroq bo‘lishi ehtimoli bor.
 
Urush davrida Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari tarkibidagi askarlar mahalliy aholini zo‘rlab kelgan. Ayrim ayollar, hatto, o‘z eri, oilasi yonida zo‘rlangan. Qarshilik ko‘rsatganlar bundanda daxshatli azoblarga duchor qilingan: tiriklayin daraxtlarga osilgan yoki yerga ko‘milgan.
 
Kolumbiya hukumati 2011 yilda muntazam ravishda zo‘rlangan va qiynalgan fuqarolarga kompensasiya to‘lash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hozirga qadar ularga hukumat tomonidan moddiy yordam berib kelinmoqda.
 
Malumot uchun, bir necha o‘n yillar davom etgan Kolumbiya fuqarolar urushi 2016 yilda hukumat va inqilobiy kuchlar o‘rtasida imzolangan shartnoma natijasida barham topadi. Urush qurbonlari soni 220 000 nafar bo‘lib, ularning aksariyati tinch aholi edi. 5 mlndan ko‘proq aholi o‘z joylarini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Bola o‘g‘irlanishi bir necha yuzmingga yetgan.    
Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 00:00 21.09.2018. O'qildi: 7679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik