Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi va Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.L. fuqaro S.N.ning ishonchiga kirib, uni 4 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 48 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 22:31 06.06.2026. O'qildi: 148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!