Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ishchi guruh Sergelidagi 2018 yilda berilgan xonadonlarni o‘rganadi

Ishchi guruh Sergelidagi 2018 yilda berilgan xonadonlarni o‘rganadi

Ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan telegramdagi Imtiyozli uy kanalida shu haqda mish-mishlar tarqaldi.

Xabarlarda aytilishicha, Sergeli tumanidan 2018 yilda xonadon olgan oilalarni o‘rganish ishlar boshlangan.

Jahon.uz ga ma’lum qilinishicha, asosan 2, 3A, 3B-uchastkalardan turar-joy olgan fuqarolarning uyda bo‘lib turishi, ishchi guruh borganida hurmat yuzasidan muammolarni tushuntirishlari so‘ralgan.

Hech kim yashamayotgan yoki hali ko‘chib kelmagan xonadonlar bo‘yicha dalolatnoma (akt) rasmiylashtirilib, qayta o‘rganib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga hamda hududiy komissiyalarga taqdim etilishi ham qo‘shimcha qilingan.

Ishchi guruh tarkibida hudud profilaktika inspektori ham kiritilgan bo‘lib, aholini ro‘yxatdan o‘tkazish (xatlov) ishlarini ham olib boradi.

Shu o‘rinda agar rostdan ham Ishchi guruh tekshiruv yoki o‘rganish olib boradigan bo‘lsa, bir xonadonda ikkita avtomashinali oilalarga ham ularga bu uylar qanday tegib qolgani va qaysi katta xolasi ning marhamatidan bahramand bo‘lganini ham o‘rganishsa degan fikrdamiz.

Imtiyozli yoki arzon uylar oldida bo‘layotgan tug‘ruqdan chiqish marochimlariyu, tug‘ilgan kunlar aks-sadosi Osiyo to‘yxonasinikidan ham hashamatliroq ekanligini o‘rganinglar iltimos deb qolamiz, ishchi guruhdan!

Maqsadimiz bitta, u ham bo‘lsa uyi bo‘la turib qo‘sha-qo‘sha uy olganlarning nafsiga xudo insof bersin, rostakamiga muhtojlarga esa imtiyozli va arzon uylardan tilab qolamiz.

Kiritildi: 09:27 21.04.2019. O'qildi: 1299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!