Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) ma’lumotiga ko‘ra, Fordo uranni boyitish korxonasi va Isfahondagi yadroviy ob’ekt Isroil zarbalaridan talafot ko‘rmagan.
MAGATE Erondagi o‘ta tashvishli vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va radiasiya darajasi bo‘yicha Eron hukumati va mamlakatdagi inspektorlar bilan aloqada bo‘lib turibdi, deb bayonot berdi agentlik.
Nishonlardan biriga aylangan Natanzdagi ob’ektda radiasiya darajasi oshishi kuzatilmagani haqida eronlik rasmiylar agentlikka ma’lum qilishgan.