Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Iroqqa Suriyadan 2250 nafar ISHID jangarisi olib kelindi — Anadolu

Iroqqa Suriyadan 2250 nafar ISHID jangarisi olib kelindi — Anadolu

"Iroq maxsus harbiy qo‘mondonligi boshlig‘i general-leytenant Sa’ad Maan Suriyadan Iroqqa 2250 nafar ISHID jangarisi ko‘chirilganini e’lon qildi. Bu jarayon terrorchilik tahdidiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro koalisiya bilan hamkorlikda amalga oshirildi", deya xabar bermoqda nashr.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar quruqlik va havo orqali olib kelingan. U shuningdek, maxsus guruhlar allaqachon tergovni boshlagani va hozirda shaxslarni xavf darajasiga qarab ajratilayotganini bildirdi

Iroq Tashqi ishlar vazirligi qolgan jangarilarning fuqaroligi bo‘yicha bir nechta davlatlar bilan doimiy aloqada ekanini bildirgan. Ularni o‘z vataniga o‘tkazish jarayoni qonuniy talablar bajarilishi bilan boshlanadi.

Kiritildi: Bugun 18:06. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!