Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Iroqda qurollarni davlat nazoratiga o‘tkazish jarayoni boshlanadi

Iroqda qurollarni davlat nazoratiga o‘tkazish jarayoni boshlanadi

Iroq bosh vaziri Ali az-Zeydiy 1 oktyabr mamlakatning to‘liq suverenitetini ta’minlash va davlat nazoratidan tashqaridagi qurollarni davlat ixtiyoriga o‘tkazish jarayoni boshlanishi bo‘lishini bildirdi.

U bu haqda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya kuchlarining Iroqdan to‘liq chiqib ketishi munosabati bilan bayonot berdi.

Az-Zeydiy xalqaro koalisiya missiyasining yakunlanishi va uning kuchlari Iroq hududini quruqlik, havo va dengiz orqali to‘liq tark etganini «katta milliy muvaffaqiyat» deb atadi.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, mamlakat suvereniteti ta’minlanganidan keyingi asosiy vazifalardan biri davlat nazoratidan tashqarida bo‘lgan qurolli guruhlarni qurolsizlantirishdir.

Hukumat bu jarayon uchun aniq yo‘l xaritasi va muddat belgilaydi. Unga ko‘ra, jarayon 2027 yil 30 iyundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.

Az-Zeydiy urush va tinchlik haqida qaror qabul qilish vakolati faqat konstitusiyaviy institutlarga tegishli ekanini ta’kidladi. Shuningdek, hukumat Iroqdagi xorijiy qurolli guruhlarni to‘liq qurolsizlantirish va mamlakat hududi hamda havo makonidan qo‘shni davlatlarga tahdid soluvchi harakatlar uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.

Iroq hukumati xavfsizlik kuchlarining salohiyatini oshirish maqsadida zamonaviy havo mudofaasi tizimini xarid qilishni ham rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, hukumat «Hashdi Sha’biy» tuzilmasining huquqiy maqomini belgilaydigan qonun qabul qilishni rejalashtirgan. Ushbu tuzilma qurolli kuchlar qo‘mondonligi ostida davlat xavfsizlik tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil etilishi kutilmoqda.

Iroq hukumati avvalroq 1 oktyabr sanasini «Iroq suvereniteti kuni» sifatida nishonlashga tayyorgarlik boshlagan edi.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!