Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Iroqda amerikalik jurnalist ayol o‘g‘irlab ketildi – OAV

Iroqda amerikalik jurnalist ayol o‘g‘irlab ketildi – OAV

Yaqin Sharqdagi voqealarni muntazam yoritib keluvchi taniqli jurnalist Shelli Kittlson Bag‘dodda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlandi.

Bu haqda uning hamkasblari va Italiyaning ANSA agentligi xabar bermoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist o‘zi to‘xtagan mehmonxona yaqinida g‘oyib bo‘lgan. Hozirda uning qayerda ekanligi noma’lumligicha qolmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu jinoyatga aloqadorlikda gumon qilingan bir kishi qo‘lga olingan, qolgan sheriklari qidirilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa jurnalistni o‘g‘irlab ketilgani haqidagi videotasvirlar tarqalmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:05. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!