Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Iroq razvedkasi al-Bag‘dodiyga yaqin bo‘lgan “harbiy amir”ni zararsizlantirdi

Iroq razvedkasi al-Bag‘dodiyga yaqin bo‘lgan “harbiy amir”ni zararsizlantirdi

Anbar provinsiyasida “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga yaqin bo‘lgan qo‘mondonlardan biri zararsizlantirildi. Bu haqda Iroq mudofaa vazirligi bayonot berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
 

Bayonotda aytilishicha, o‘ldirilgan shaxs al-Bag‘dodiyga yaqin bo‘lgan terrorchi hisoblandi. U Anbar provinsiyasida “ISHIDning harbiy amiri” bo‘lgan.

Eron mudofaa vazirligi terrorchi jarohatlangani yoki o‘ldirilganligiga aniqlik kiritmadi.  

Eslatib o‘tamiz, Iroq harbiy razvedkasi “Islom davlati” (Rossiyada taqiqlangan tashkilot) terrorchilik uyushmasi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy haqida so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etgandi.

Razvedka ma’lumotlarga qaraganda, al-Bag‘dodiy Iroq va Suriya o‘rtasidagi chegara hududlari, Xoms provinsiyasi, Iroq cho‘llari va Turkiya bilan chegaradagi qurolli kuchlar bo‘lmagan hududlarda harakat qilgan.

 

Kiritildi: 22:15 19.08.2019. O'qildi: 1476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!