Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Iqlim o‘zgarishi tufayli shimoliy hududlarga tropik yomg‘ir tahdid solishi kutilmoqda

Iqlim o‘zgarishi tufayli shimoliy hududlarga tropik yomg‘ir tahdid solishi kutilmoqda

Riversayddagi Kaliforniya universiteti amerikalik olimlari karbonat angidrid tashlamalari tropik yomg‘irlarning masshtabi kelgusi o‘n yilliklarda shimolga siljishiga olib kelishini ma’lum qildilar. Bu ekvatorial kamari va dunyoning ko‘plab mamlakatlari qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot Nature Climate Change ilmiy jurnalida chop etilgan .

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yog‘ingarchilikning siljishi atmosferadagi uglerodning tropik konvergensiya zonalarining shakllanishiga ta’siri bilan bog‘liq bo‘ladi. Nam havo yuqoriga ko‘tarilib soviganida, momaqaldiroq hosil bo‘lib, kuchli yomg‘ir yog‘diradi. Shunday qilib, intertropik konvergensiya zonalari dunyodagi yog‘ingarchilikning uchdan bir qismini ta’minlaydi.

O‘zgarishlar tufayli ekvatorning har ikki tomonidagi tropik mintaqalar, shu jumladan Markaziy Afrika mamlakatlari, Janubiy Amerikaning Shimoliy qismi va Tinch okeanidagi orol davlatlari eng ko‘p zarar ko‘radi. Bu, global oziq-ovqat bozoriga ta’sir qilishi mumkin, chunki bu hududlarda qahva, kakao, banan, shakarqamish, choy, mango, ananas yetishtiriladi, shuningdek palma yog‘i ham ishlab chiqariladi.

Prognozga ko‘ra, tropik yomg‘irning shimolga siljishi taxminan 20 yil davom etadi, shundan so‘ng okeanning janubiy qismlarining isishi konvergensiya zonalarini teskari yo‘nalishda kuchaytiradi va ularni yana ming yillik davrda saqlaydi.

Kiritildi: 16:03 29.06.2024. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!