Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Iqlim inqirozi global savdoga ta’sir qiladi

A A A
Iqlim inqirozi global savdoga ta’sir qiladi

Jahon savdo tashkilotining "2022 yilgi jahon savdo hisoboti" da ta’kidlanishicha, iqlim o‘zgarishi savdo-sotiqni tobora ko‘proq o‘zgartiradi, bu iqtisodiyotning iqlim o‘zgarishiga moslashishiga yordam berishi mumkin.

Agar iqlim o‘zgarishi jilovlanmasa, u mamlakatlarning iqtisodiy va savdo istiqbollarini jiddiy ravishda o‘zgartiradi. Iqlimda qisqa vaqt oralig‘idagi o‘zgarish va u bilan bog‘liq kuchli ekstremal ob-havo hodisalari global ishlab chiqarish va sotish zanjirlarini "uzadi". Savdo xarajatlarining oshishiga olib keladi. Masalan, kambag‘al mamlakatlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yengil sanoat tovarlari eksportining o‘sishi mamlakatda haroratning 1°S ga ko‘tarilishiga javoban o‘rtacha 2-5,7% ga kamayadi.

Iqlim o‘zgarishi global savdo tarmog‘ining strategik muhim "o‘tish joylari" ga ta’sir qilishi mumkin – bu juda katta miqdordagi savdo-sotiqni amalga oshiradigan logistik yo‘nalishlaridagi muhim tugunlarda ro‘y beradi. Iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan uzilishlar yuqori konsentrasiyali global ishlab chiqarish va sotish zanjirlariga eng jiddiy zarar yetkazadi, bu yerda oraliq resurslarni almashtirish qiyin kechadi. Masalan, 2011 yilgi toshqin Tailandda global elektron va avtomobilsozlik sanoatining ishdan chiqishiga sabab bo‘ldi, bu esa global sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlarining taxminan 2,5 foizga pasayishiga olib keldi.

Kelajakda iqlim o‘zgarishi, shu jumladan global harorat ko‘tarilishi va dengiz sathining yuqorilashi nafaqat global ishlab chiqarish zanjirlarini buzishda, balki xalqaro savdoning hozirgi tuzilishini qisman belgilaydigan mamlakatlarning qiyosiy ustunliklarini o‘zgartiradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sayyohlik xizmatlari savdosi ayniqsa iqlim o‘zgarishiga qarshi o‘ta himoyasiz. Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa mintaqalar bilan taqqoslaganda, qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan bog‘liq kuchli salbiy zarbalarga duch kelishi kutilmoqda, bu esa oziq-ovqat xavfsizligi xavfini keskin oshiradi.

Iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosining o‘zgaruvchanligini ham ta’minlaydi.

Iqlim o‘zgarishiga moslashish qimmat va qiyin jarayon, ba’zi mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishini cheklasada, savdo va savdo siyosati bunday moslashish strategiyasidan ko‘proq naf ko‘radi. Ko‘proq diversifikasiyalangan eksportga ega va savdo uchun ochiqroq bo‘lgan mamlakatlar iqlim o‘zgarishiga nisbatan kamroq himoyasiz bo‘lishadi. Xalqaro savdo qurg‘oqchilikka chidamli yangi ekinlar kabi iqlimga chidamli texnologiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash orqali iqlim o‘zgarishiga yanada samarali tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.

Iqlim bilan bog‘liq g‘alayonlar sodir bo‘lishi bilanoq, xalqaro savdo yo‘nalishida eng muhim tovarlar va xizmatlarga – oziq-ovqat, dori-darmon, elektr generasiyasiga "kuch berilishi" boshlanadi. Savdo - shuningdek, oldinlari mahalliy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishig tayangan mamlakatlar oziq-ovqat mahsulotlarini kamroq zarar ko‘rgan hududlardan import qilishi mumkinligi sababli oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi.

Turli model simulyasiyalari shuni ko‘rsatadiki, kam daromadli mamlakatlarda savdo xarajatlarining kamayishi, iqlim o‘zgarishi natijasida ularning pul yo‘qotishlarini kamaytiradi. Shaffof savdo harakatlari, iqlimga bog‘liq migrasiya intensivligini kamaytirishi mumkin, chunki savdo va xalqaro mehnat harakatchanligi bir-birini to‘ldirish o‘rniga almashtirishga intiladi. Biroq, yuqori savdo xarajatlari bunday tuzatishlarga xalaqit berishi, iqlim migrasiyasini kuchaytirishi bor gap.

Kiritildi: 21:51 25.12.2022. O'qildi: 2298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik