Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

iPhone’ni borlar endi pasportini yonida olib yurmasa ham bo‘ladi

iPhone’ni borlar endi pasportini yonida olib yurmasa ham bo‘ladi

Arrle’ning patent olgan g‘oyasi foydalanuvchilarga pasportlarini virtual Arrle hamyonlariga joylash imkoni beradi.
Apple xodimlarining ma’lum qilishicha, joriy yilning 30 mart kuni yangi g‘oya uchun patent olishga ariza topshirilgan. Yangi elektron dastur pasport va haydovchilik guvohnomasi kabi rasmiy hujjatlardagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ma’lumotlar saqlab olingach, PIN-kod, biometrik barmoq skaneri orqali tasdiqlanadi.
Amaliyotda bu quyidagicha ko‘ringan bo‘lardi:
Sayohatchi pasportining virtual versiyasini iPhone’iga yuklab olgan. Aeroportda undan hujjatlar so‘ralganda, ular barmoq yoki yuzlarini skaner qurilmasidan o‘tkazadilar. Keyin mas’ul organ masofadan turib biometrik skanerdan o‘tgan shaxs iPhone’dagi virtual ma’lumotlar egasi ekanini tasdiqlay oladi.
Biroq, hozircha bu Arrle’ning ko‘plab IP-paketlaridan biri. Ularning ko‘pchiligi hech qachon amalga oshmaydigan tizimlarni qamrab oladi.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 15:11 20.08.2018. O'qildi: 1184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!