Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Internetdagi mish-mishlarga qarshi xizmat ishga tushdi

A A A
Internetdagi mish-mishlarga qarshi xizmat ishga tushdi

Xitoyda «onlayn-mish-mishlar»ga qarshi faoliyat olib boruvchi Piyao («mish-mishlarni rad qilish» ma’nosini bildiradi) platformasi ishga tushdi, deb xabar berdi Reuters.

Unda yolg‘on yangilik va xabarlarni ajrata oladigan sun’iy ongdan foydalaniladi. Piyao sayt va mobil ko‘rinishida bo‘lib, uning ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ham akkauntlari mavjud.

Bundan tashqari, Piyao mahalliy gazeta va davlat OAVdan olingan «haqqoniy yangiliklar»ni tarqatish bilan ham shug‘ullanadi.

«Mish-mishlar shaxs huquqlarini buzadi, mish-mishlar jamiyatda vahima keltirib chiqaradi, mish-mishlar fond bozorlarini larzaga soladi, mish-mishlar biznes yuritishga ta’sir ko‘rsatadi», - deyiladi Piyao ishga tushishiga bag‘ishlangan videoda.

Platforma kibermakon masalalari bo‘yicha markaziy komissiya va «Sinxua» agentligi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan bo‘lib, o‘ziga o‘xshagan 40ga yaqin platformani birlashtirgan.

Xitoyda internetda mish-mishdan iborat post joylashtirgan muallif agar bu post 5 ming martadan ortiq ko‘rilsa yoki 500dan ortiq repost qilinsa qamoqqa olinishi mumkin.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 20:53 30.08.2018. O'qildi: 1541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik