Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Internetda Xitoydagi "dahshatli ko‘chki" videosi paydo bo‘ldi

Internetda Xitoydagi "dahshatli ko‘chki" videosi paydo bo‘ldi

Xitoyning Fuszyan provinsiyasiga qarashli Lun’yan okrugidagi ko‘chki videosi Internet tarmoqlarida paydo bo‘ldi.
Tasvirlardan sel oqimi to‘siqlar va avtomashinalarni ko‘z ochib yumguncha oqizib ketganini ko‘rish mumkin.

«CGTN» telekanali xabarida aytilishicha, ushbu noxush hodisa bir insonning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Yoz kelishi bilan Xitoy shimolida «quruq mavsum» boshlangan bir paytda uning janubida tamomila o‘zgacha manzara — kuchli yomg‘irlar mavsumi boshlanadi. Oqibatda juda ko‘p hududlarni suv olib ketadi.

Bu yilgi yoz yomg‘irlaridan hammadan ko‘p Guansi-Chjuan muxtor tumani, Szyansi, Fuszyan va Guandun provinsiyalari aziyat chekmoqda.
Shu yilning o‘zida tabiiy ofatlar, xususan, suv toshqinlari oqibatida Xitoy janubida 80 dan ortiq inson halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 05:30 15.06.2019. O'qildi: 2231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!