“Avito” foydalanuvchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashrif qog‘ozini sotuvga qo‘ydi.
Sankt-Peterburg gerbi tushirilgan qora va oq qog‘ozda Putinning shahar ma’muriyatida ishlagan paytidagi amali - Xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha mer o‘rinbosari, shahar meriyasining tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi ekanligi ko‘rsatilgan.
"Asl nusxa. Yaxshi holatda. 2004 yildan beri saqlab kelmoqdaman", deyiladi e’londa.
Sotuvchining ta’kidlashicha, u o‘sha paytda Putinning maslahatchisi bilan bir kompaniyada ishlagan.
Ta’kidlanishicha, tashrif qog‘oz 550 ming rublga sotiladi, ammo savdolashish mumkin.