Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Inter” klubi futbolchilaridan 2 oylik maoshdan voz kechish so‘raldi

“Inter” klubi futbolchilaridan 2 oylik maoshdan voz kechish so‘raldi

Milanning “Inter” klubi futbolchilaridan 2 oylik maoshdan voz kechish so‘raldi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar qilmoqda.

Bu haqda jamoa prezidenti Stiven Chjan o‘yinchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qildi. Ayni paytda klub koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy inqirozga uchragan. Bu masala bo‘yicha har bir futbolchi mustaqil qaror qabul qiladi.

Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda sportchilar “Inter” rahbariyati bilan vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashadi. Jamoaning bosh murabbiyi Antonio Konte uchrashuvga kelmadi. Mutaxassisdan ham maoshi pasayishiga rozi bo‘lish so‘ralgani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Italiya birinchiligining joriy mavsumida “Inter” 35 ta matchda 85 ochko to‘plab, muddatidan oldin mamlakat chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: 16:45 11.05.2021. O'qildi: 2131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!