Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Instagram tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishi kutilmoqda

Instagram tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishi kutilmoqda

Instagram ijtimoiy tarmog‘i ishlab chiquvchilari suratlarni ko‘rish uchun yangi usulni sinab ko‘rishmoqda. Bu haqda TechCrunch portaliga asoslanib kun.uz xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ilovada suratlarni aylantirish o‘rniga, ekranga bosish orqali postlarni o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Nashrning ta’kidlashicha, hozircha yangi imkoniyatdan ba’zi foydalanuvchilar faqat Explore’da foydalanishi mumkin. Postlarni ko‘rishning yangi usuli sinovi qanday darajada olib borilayotgani noma’lum.

Ekspertlarning qayd etishicha, bir marta bosish bilan fotosuratlarni almashtirish tasvirlarni «qiyin» va ko‘proq vaqtni talab qiluvchi aylantirishdan voz kechishga imkon beradi. Bundan tashqari, dastur postdagi barcha xabarlarni bitta ekranda ko‘rsatishi mumkin.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 14:51 13.10.2018. O'qildi: 1215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!