Xakerlar foydalanuvchilar akkauntiga oid maxfiy ma’lumotlarni Darknet'ga joylashtirgani xabar qilinmoqda.
Sizib chiqqan bazada foydalanuvchilarning login, telefon raqam va elektron pochta manzillari mavjud, biroq parollar o‘g‘irlanmagan.
Kiberxavfsizlik mutaxassislariga ko‘ra, ushbu ma’lumotlar fishing hujumlari va akkauntlarni egallab olishda ishlatilishi mumkin.