Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

"Instagram"da eng ko‘p folloverga ega turk aktyori kim?

"Instagram"da eng ko‘p folloverga ega turk aktyori kim?

Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlaridan biri Burak O‘zchivit ijtimoiy tarmoqlarda eng mashhur aktyor bo‘ldi, deb xabar beradi «Aksham» nashri.

Qayd etilishicha, ayni paytda Burakni "Instagram" orqali 14,6 million kishi kuzatadi. Bu esa turk aktyorlari orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Burakdan keyingi o‘rinni 2018 yilda dunyoning eng chiroyli aktrisasi deb topilgan Hande Erchel egalladi. Uning "Instagram"da 12 milliondan ortiq folloveri bor. Hande o‘zbek tomoshabinlariga «Malikam, endi qara» serialidagi obrazi bilan yaxshi tanish.

Handedan keyingi pog‘onani 9,8 million nafar kuzatuvchisi bo‘lgan Burakning rafiqasi Fahriya Evjen zabt etdi.

O‘zbek tomoshabinlariga «Jasur va go‘zal» va «Kumush» seriallaridagi obrazlari bilan yaxshi tanish aktyor Kivanch Tatlitug‘ so‘nggi bir necha oy ichida "Instagram"dagi mashhur aktyorlar reytingida pastlab ketgan. Hozir uning akkauntini 3,2 million kishi kuzatadi.

Kiritildi: 03:00 11.04.2020. O'qildi: 4838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!