Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Instagram asoschilari nega iste’foga chiqmoqda?

A A A
Instagram asoschilari nega iste’foga chiqmoqda?

Instagram bosh direktori Kevin Sistrom va ijtimoiy tarmoqning bosh texnik direktori Mayk Kriger iste’fo berishdi, yaqin haftalar ichida ular kompaniyani tark etadi. Bu haqda The New York Times gazetasi vaziyatdan xabardor manbalarga asosan xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Sistrom va Kriger 25 sentyabr, dushanba kuni Instagram va ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi Facebook rahbariyatiga o‘z qarorlarini ma’lum qilishgan. Manbalarning ta’kidlashicha, Instagram hamasoschilari o‘z iste’folari sabablarini izohlashmagan, ammo ular ishdan bo‘shatilganidan keyin ta’til olishni rejalashtirayotganliklari haqida aytishgan.

Gazetadan taxmin qilishlaricha, Sistrom va Kriger Instagram’ni hozirgi kunda Facebook bilan kuzatilayotgan eng katta inqiroz tufayli tark etishga qaror qilganlar.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 10:44 25.09.2018. O'qildi: 1230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik