Kevin Sistrom va Mayk Kriger bundan 8 yil avval AQShning San-Fransisko shtatida hozirda milliard foydalanuvchisi bo‘lgan Instagram ijtimoiy tarmog‘iga asos solishgan edi. Ushbu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarni shu darajada o‘ziga rom etdiki, qisqa vaqt ichida millionlab abonentlarga ega bo‘ldi.
Ammo hozirda Kevin Va Mayk kompaniyani tark etishga qaror qilgan.
Sistrom dushanba kuni bloggerlarga bergan intervyusida shunday dedi: "Biz yangi narsalar yaratishimiz kerak, kompaniyada ishlab ko‘p vaqtimiz faqatgina Instagramga sarf bo‘lmoqda. Ammo biz kelajak uchun hali ko‘plab kashfiyotlar qilishimiz lozim”.
Facebook kompaniyasi rahbari Mark Sukerberg Sistrom va Krigerni tariflar ekan «ular g‘ayriodatiy insonlar» dedi. Shuningdek, «men ulardan keyingi ajoyib kashfiyotlarini intizorlik bilan kutib qolaman» deya qo‘shimcha qilgan Mark Sukerberg.
Ma’lumot uchun: 2012 yil Facebook kompaniyasi Instagram ijtimoiy tarmog‘ini sotib olgan edi.
Manba: darakchi.uz