Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Insoniyat tarixidagi eng yaxshi romanlar

A A A
Insoniyat tarixidagi eng yaxshi romanlar

Insoniyat tarixidagi eng yaxshi romanlar reytingi tuzildi. "The Daily Telegraph" nashrida taqdim etilgan ro‘yxatga ko‘ra, yuzlab eng yaxshi adabiy asarlar ro‘yxati tanqidchilar fikri asosida saralangan. 

Reytingning birinchi o‘rniga angliyalik yozuvchi Jorj Eliot (1819-1891, asl ismi Meri Enn Evans)ning "Middlmarch" romani munosib ko‘rildi. Ikkinchi o‘rin amerikalik German Melvill (1819-1891)ning "Mobi Dik" romaniga nasib etdi. Uchinchi o‘rinda esa rus yozuvchisi Lev Tolstoy (1828-1910) ning "Anna Karenina" romani qayd etildi.

To‘rtinchi va beshinchi satrlarda Genri Jeyms (1843-1916) ning "Ayol portreti" va Jozef Konrad (1857-1924)ning "Zulmat qalbi" romanlari egalladi. 

Eng yaxshi romanlar o‘nligidan shuningdek Marsel Prustning "Yo‘qotilgan vaqtni izlab", Sharlotta Brontening "Jeyn Eyr", Jon Maksvell Kutzening "Yuzsizlik", Virjiniya Vulfning "Missis Dellouey" va Migel de Servantesning "Don Kixot" asarlari o‘rin olgan. 

Manba: xabardor.uz

Kiritildi: 12:16 26.06.2018. O'qildi: 3346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik