Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Inson terisini erta qarishga olib keluvchi mahsulot nima ekanligini bilasizmi?

Inson terisini erta qarishga olib keluvchi mahsulot nima ekanligini bilasizmi?

Shakarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish inson terisi qarishni tezlashishiga olib keladi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, britaniyalik olim Devid Gunn olti yuz kishining yuzini o‘rgangan. O‘rganish davomida ularning qondagi qand miqdorini o‘lchab, ishtirokchilarni to‘rt guruhga ajratgan.

Ma’lum bo‘lishicha, eng yosh teri bu qonida shakar darajasi eng past bo‘lgan odamlarda bo‘lgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shakar qon tomirlariga zarar yetkazadi.

"Erkin radikallarning ishlab chiqarilishi qarishning asosiy aybdoridir. Antioksidantlar aralashuvisiz hujayralar ko‘p miqdorda o‘la boshlaydi", - deyiladi maqolada.

Teri quriydi, kichik ajinlar paydo bo‘ladi va hech qanday kosmetika mahsulotlari ularga bardosh bera olmaydi. Vaqt o‘tishi bilan teri yumshoqligi va elastikligini yo‘qotadi, ajinlar chuqurlashadi.

Shu bilan birga, maqolada shakardan butunlay voz kechish mumkin emasligi, faqat ma’lum mahsulotlarni iste’mol qilishni kamaytirish kerakligi, shuningdek, tabiiy shakarni o‘z ichiga olgan meva va guruchni diyetadan chiqarib tashlamaslik kerakligi qayd etilgan.

Kiritildi: 07:13 17.11.2022. O'qildi: 3571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!