Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

"Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantasiyasi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi

 "Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantasiyasi to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi

Ushbu Qonunning maqsadi inson a’zolari va to‘qimalarining transplantasiyasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Hujjatga ko‘ra, tirik donordan yoki inson murdasidan olingan inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari transplantasiya ob’ektlari bo‘lishi mumkin, ularning ro‘yxati Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.

Sun’iy ravishda yetishtirilgan a’zolar transplantasiya ob’ektlari bo‘lmaydi.

Shuningdek, qonunning amal kilishi:

➖ insonning ko‘payishiga taalluqli bo‘lgan a’zolar va to‘qimalarning transplantasiyasiga;

➖ a’zolar va to‘qimalarning autogen (bir shaxsning o‘zi tirik donor va resipiyent bo‘ladi) transplantasiyasiga;

➖ qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Kiritildi: 21:42 11.05.2022. O'qildi: 2848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!