Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Inglizlar bashorat qilmoqda: Rossiyada safarbarlik bo‘lmaydi

A A A
Inglizlar bashorat qilmoqda: Rossiyada safarbarlik bo‘lmaydi

Rossiya 2023 yil oxirigacha 420 ming shartnoma bo‘yicha askar yollashni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Britaniya Mudofaa vazirligi.

2023 yil 3 sentyabrda Dmitriy Medvedev 280 ming kontrakt bo‘yicha askar yollanganini ta’kidladi, biroq mustaqil ekspertlar bu raqamlarni tasdiqlay olmaydi.

Departamentning xulosasi shuni ko‘rsatadiki, Rossiyada harbiy xizmatga chaqirish kampaniyalari sanoatning mehnat resurslariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiy siyosat instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil iyul oyida defisit 42% ni tashkil etdi. Biroq, Rossiya IT sohasida kadrlarni saqlab qolish choralarini ko‘rmoqda, ayniqsa 2022 yilda 100 ming mutaxassis ketganidan keyin.

Prezident Putin IT-mutaxassislari uchun harbiy xizmatga chaqirilish yoshini 30 yoshga oshirdi, bu esa chaqiruv tufayli kadrlar yetishmasligi muammosini tasdiqlaydi. 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari munosabati bilan Rossiya hukumati katta ehtimol bilan keyingi safarbarlikdan qochishga harakat qilishi kutilmoqda, deya qayd etadi Britaniya harbiy departamenti.

Kiritildi: 13:14 11.09.2023. O'qildi: 4486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik