Balida benzin tanqisligi sabab AYOQShlarda uzun navbatlar paydo bo‘ldi.
Indoneziyaning Bali orolidagi ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin tugagan. Ishini davom ettirayotgan AYOQShlarda esa uzun navbatlar paydo bo‘lgan.
Vaziyat sayyohlar orasida mashhur Uluvatu va Ubud hududlariga ham ta’sir qilgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, yoqilg‘isiz qolishdan qo‘rqqan aholi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ulkan navbatlarni yuzaga keltirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ta’minotdagi kechikishlar taqchillikka sabab bo‘lgan.