Indoneziyaning Anak-Krakatau vulqonidagi bir qator otilishlar Jakartadagi Sukarno-Xatta xalqaro aeroportida havo qatnovini vaqtincha to‘xtatdi.
Bu haqda aeroport ijtimoiy tarmoqlardagi postida e’lon qildi.
"Anak-Krakatau vulqon faolligining oshishi sababli Sukarno-Xatta xalqaro aeroporti havo qatnovini vaqtincha to‘xtatdi", deyiladi postda.
Yo‘lovchilarga parvozlar holati haqida so‘nggi ma’lumot olish uchun aviakompaniyalariga murojaat qilish tavsiya qilindi. Reuters xabariga ko‘ra, ayeroportning to‘xtatilishi vulqon kulining tarqalishi bilan bog‘liq va o‘nlab reyslarga ta’sir ko‘rsatdi.
Anak-Krakataudagi faollashuv iyul oyi oxirida boshlangan. Indoneziya rasmiylari ilgari vulqonning ogohlantirish darajasini to‘rttadan 3-darajaga ko‘targan edi.