Indoneziyada nikohsiz jinsiy munosabatlar taqiqlandi. Jumladan, Baliga keladigan sayyohlar uchun ham.
Yanvardan boshlab Indoneziyada yangi Jinoyat kodeksi kuchga kirdi. Unda, jumladan, nikohsiz jinsiy munosabatlar va birga yashashni taqiqlovchi modda mavjud. Bu qoida sayyohlarga ham tatbiq etiladi. Biroq tegishl da’vo bilan hamma murojaat qila olmaydi, faqat aldangan er yoki xotin, shuningdek, gumon qilinayotgan qoidabuzarning ota-onasi yoki farzandlari shikoyat berishi mumkin. Agar xiyonat isbotlansa, ayblanuvchiga 1 yilgacha qamoq jazosi tahdid qiladi.
Polisiya mustaqil ravishda bunday ishlar yuzasidan tekshiruvni boshlay olmaydi. Yangi Jinoyat kodeksi 2022 yil dekabrda qabul qilingan va o‘tish davridan so‘ng kuchga kirdi. Hujjat Niderlandiya mustamlakachiligi davridan qolgan normativlarni almashtirgan.
Yangi Jinoyat kodeksida nikohsiz jinsiy aloqaga taqiqdan tashqari, kufr (dinga nisbatan haqorat) va dindan qaytish uchun ham jazo belgilangan.
Huquq himoyachilari Jinoyat kodeksidagi bu moddalardan havotir bildirmoqda. Amnesty International bu holatni fuqarolik erkinliklariga berilgan “og‘ir zarba” deb atadi.