Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Indoneziyada namoyishchilar jinoiy kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga qarshi chiqishdi

Indoneziyada namoyishchilar jinoiy kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga qarshi chiqishdi

Namoyishchilar Indoneziya parlamenti binosi oldida to‘planib, nikohdan tashqari jinsiy aloqani taqiqlovchi jinoiy kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga qarshi chiqishdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Deputatlar tomonidan qabul qilingan o‘zgartirishlarga ko‘ra, nikohdan tashqari jinsiy aloqa bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, birga yashash esa olti oygacha qamoq bilan jazolanadi. Ushbu chora Indoneziya fuqarolariga ham, mamlakatda bo‘lgan chet elliklarga ham tegishli. Yuqoridagi moddalar bo‘yicha ayblov faqat gumon qilinuvchilarning turmush o‘rtoqlari, ota-onalari yoki farzandlarining ko‘rsatmalari asosida qo‘yilishi mumkin.

Tuzatishlar amaldagi prezidentni, davlat institutlarini va milliy mafkurani haqorat qilish, shuningdek, rasmiylarni oldindan ogohlantirmasdan norozilik namoyishlari o‘tkazishni ham taqiqlaydi.

AP'ning xabar berishicha, Indoneziya qonunlariga ko‘ra, parlament qabul qilgan tuzatishlar prezident tomonidan ma’qullangandan keyingina kuchga kiradi. Shu bilan birga, tuzatishlar 30 kundan keyin davlat rahbarining roziligisiz, agar u o‘zgartirishlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarmasa, avtomatik ravishda kuchga kiradi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Edvard Xiariyeyaning so‘zlariga ko‘ra, prezident Joko Vidodo tuzatishlarni ma’qullashi kutilmoqda. Shu bilan birga, o‘zgarishlar bosqichma-bosqich, uch yil ichida kuchga kiradi, deydi u.

Kiritildi: 22:56 06.12.2022. O'qildi: 1858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!