Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Indoneziyada kuchli zilzila ro‘y berdi (Video)

A A A
Indoneziyada kuchli zilzila ro‘y berdi (Video)

Indoneziyaning aholi zich yashovchi Lombok orolida 6,4 magnitudali kuchli zilzila ro‘y berdi, deb xabar berdi "Darakchi" nashri.

Er osti silkinishlari AQSh geologiya xizmati mutaxassislari tomonidan yakshanba, 29 iyul kuni, mahalliy vaqt bilan soat 06:47 da sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Bali oroli yaqinida joylashgan Rinjani vulqoni atrofida qayd etildi.

Seysmik hodisa o‘chog‘i 7,5 kilometr chuqurlikda joylashgan. Aynan shu tumanda yana o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan, 5,4 magnitudali takroriy zilzila ro‘y berdi. Keyinchalik takroriy zilzilalar soni 11 taga yetdi.

Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani, 12 kishi jabrlangani haqida ma’lumot berildi. Zilzila guvohlari voqea joyini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishmoqda, suratlardan binolarning vayron bo‘lganligini ko‘rish mumkin.

Kiritildi: 13:56 29.07.2018. O'qildi: 1503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik