Indoneziya qirg‘oqlarida 7,4 magnitudali zilzila qayd etildi.
Bu haqda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar bermoqda.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila episentri Shimoliy Sulavesi provinsiyasida joylashgan, aholisi taxminan 451 000 kishi bo‘lgan Manado shahridan 163 kilometr sharqda joylashgan. Zilzila chuqurligi 35 kilometrni tashkil etgan.
AQSh Milliy okean va atmosfera boshqarmasi sunami haqida ogohlantirish e’lon qildi.
Hozirda qurbonlar yoki vayronagarchiliklar haqida xabarlar yo‘q.