Indonesia Air Transport aviakompaniyasiga tegishli ATR rusumli samolyot Janubiy Sulavesi provinsiyasining Maros okrugi hududida radarlardan yo‘qoldi.
Report xabariga ko‘ra, bu haqda mahalliy Detik portali ma’lum qilgan. Samolyotda jami 11 kishi — sakkiz nafar ekipaj a’zosi va uch nafar yo‘lovchi bo‘lgan. U Jokyakarta–Makassar yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan.
Qidiruv-qutqaruv xizmati vakillarining ma’lum qilishicha, samolyot bilan aloqa uzilgan va uning joylashuvi hozircha noma’lum. Harbiylar samolyot halokatga uchragan bo‘lishi ehtimolini istisno qilmayapti.
Hozirda yong‘in izlari aniqlangan o‘rmon hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.